Markaz haqida

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi to’g’risida
MA`LUMOT

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-sentabrdagi “Oliy ta`lim muassasalari pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularningmalakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g`risida”gi 278-sonli qarori asosida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzurida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tashkil etilgan.

Tarmoq markazining maqsad va vazifalari

Tarmoq markazining maqsadi jamiyatning o’zgaruvchan ehtiyojlarini hisobga olgan holda tegishli kasbiy faoliyat ko’rsatish uchun oliy ta`lim tizimi kadrlarning (shuningdek O’MKHT pedagoglarini) texnika va texnologiya yo’nalishlarida bilim, ko’nikma va malakalarini oshirish yoki yangi kasbiy bilim va ko’nikmalarni egallashga qaratilgan kadrlarni qayta tayyorlashdir.

Ko’zlangan maqsadga erishish uchun markaz o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:

  • Oliy ta`lim muassasalari ehtiyojini o’rganib, TATU imkoniyatlaridan foydalangan holda qayta tayyorlash va malaka oshirish yo’nalishlarini belgilash;
  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-fevraldagi 25-qarorida OTM pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malaka oshirishga qo’yilgan talablari asosida o’quv reja va dasturlar ishlab chiqish; qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish;
  • tinglovchilar uchun o’quv-uslubiy qo’llanmalar, elektron darsliklar, didaktik vositalar va tarqatma materiallar ishlab chiqish;
  • o’quv jarayoniga ilmiy-tadqiqot institutlari, ishlab chiqarish korxonalari va boshqa oliy ta`lim muassasalaridan yetuk kadrlarni jalb qilish;
  • tinglovchilar bilimini muntazam nazorat qilish, xolisona baholash usullarini qo’llash;
  • tinglovchilar o’qishi va yashashi uchun zarur sharoitlarni yaratish;
  • ta`lim xizmatlari ko’rsatish orqali byudjetdan tashqari mablag`lar topish imkoniyatlarini qidirish;
  • ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar tashkil qilish;
  • O’MKHT muassasalari pedagoglari va ishlab chiqarish ustalarining rejadagi yo’nalishlar bo’yicha malaka oshirishini yo’lga qo’yish.

Tarmoq markazining huquqlari va majburiyatlari

Markazning huquqlari:

  • pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning dolzarb ilmiy muammolari bo’yicha tadqiqotlar olib borish;
  • pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo’yicha respublika va xorijiy mamalakatlar ilg`or tajribalarini ommalashtirib borish;
  • Respublika hududida va xorijiy mamalakatlarda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o`z nomidan va o’z vakolati doirasida hamkorlik shartnomalarini tuzish;
  • oliy ta`lim muassasalaridan tarmoq markazi vazifalarini ijrosini ta`minlash uchun zarur ma`lumotlarni so’rab olish;
  • ta`lim tizimini takomillashtirish borasida turli xalqaro va respublika miqiyosidagi ko’rgazma, konferensiya, seminar, simpozium va boshqa tadbirlarda ishtirok etish;
  • korxona va tashkilot xodimlari uchun shartnoma asosida pulli qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish.
  • O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan va Ustavga zid bo’lmagan boshqa faoliyatlarni amalga oshirish.

Markazning majburiyatlari:
  • Oliy ta`lim muassasalari pedagoglarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo’yicha ishchi o’quv reja va ishchi dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
  • qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoni samaradorligini oshirish imkoniyatlarini qidirish;
  • zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llash, internet materiallaridan foydalanish;
  • xorijiy davlatlarning ilg`or tajribalarini o’rganib, amalga tatbiq etish;

Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon v6a qarorlari, Vazirlar Mahkamasining farmoyish va qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi va tarmoq vazirliklari buyruqlari asosida olib boradi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iюndagi PQ-4732-sonli “Oliy ta`lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 avgustdagi 242-sonli “Oliy ta`lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil Etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori asosida olib boradi.

Tarmoq markazida9ta malaka oshirish yo’nalishlarida ta`lim olib boriladi

Oliy ta’lim muassasalari bo’yicha 7ta:
  • Informatika va axborot texnologiyalari;
  • Telekommunikatsiya texnologiyalari;
  • Kompyuter injiniringi;
  • Dasturiy injiniringi;
  • Kompyuter grafikasi va dizayn;
  • Radioelektron qurilmalar va tizimlar ;
  • Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik.

O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi bo’yicha 2 ta:
  • Axborot va kommunikatsion texnologiyalar tizimlarini ishlatish bo’yicha texnik;
  • Axborot-kutubxona tizimlari (ARM xodimlari uchun).