Xorijiy hamkorlik
24.06.2025
Joriy yilning 24 iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida “Axborot tizimlari va texnologiyalari” yo‘nalish tinglovchilari uchun Klagenfurt Universiteti (University of Klagenfurt, Austria) professori Dr.Jean Chamberlain Chedjou ishtirokida “Convolutional Neural Networks” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda zamonaviy infokommunikatsiya tizimlari va texnologiyalarida tasvirlar va videolar kabi grid tuzilmasi bilan ma'lumotlarni qayta ishlash uchun mo'ljallangan Konvolyutsion neyron tarmoqlari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi