Xorijiy hamkorlik

Xorijiy hamkorlik

18.09.2025    

photo_2025-09-23_14-54-59.jpg

photo_2025-09-23_14-54-48.jpg

photo_2025-09-23_14-53-45.jpg

#Xorijiy_hamkorlik 
#TATU_TM

Joriy yilning 18-sentabr  sanasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida xorijiy hamkorlik doirasida  markazning   "Axborot tizimlari va texnologiyalari" hamda "Axborot xavfsizligi" yo‘nalishlari tinglovchilari uchun Janubiy Koreyalik professor Lee Seung Jik  ishtirokida "Using Artificial Intelligence (AI) in IoT" mavzusida seminar tashkil etildi. Seminar mobaynida tinglovchilar Sun'iy intellekt va IoT  texnologiyalari bo'yicha o'zlariga qiziqarli bo'lgan savollarga javob olishdi.

Seminarda zamonaviy infokommunikatsiya tizimlari va texnologiyalarida  Sun'iy intellektdan foydalanish va uni IoTga  tadbiq etilishi masalalari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi. Seminar qizg'in fikr - mulohazalarga boy bo'ldi. Seminarda  tinglovchilar o'zini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.