Markaz tinglovchilari UzEkspomarkazda

Markaz tinglovchilari UzEkspomarkazda

Markaz tinglovchilari UzEkspomarkazda

12.09.2023    




Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tinglovchilari – oliy va professional ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari “O‘zekspomarkaz”da tashkil etilgan “Gustav Klimt va buyuk impressionistlar” multimedia ko‘rgazmasiga tashrif buyurishdi. Multimediali koʻrgazma ikki qismdan iborat boʻlib, birinchi qismida XIX—XX -asrlarda san’at yoʻnalishi boʻlgan impressionist rassomlarning asarlariga bagʻishlangan boʻlsa, ikkinchi qismi avstriyalik rassom Gustav Klimtning hayoti va ijodi haqida hikoya qiladi. Koʻrgazma HD proyeksiya, animatsiyali grafika va klassik musiqani birlashtiradi.