Xorijiy hamkorlik, Germaniyaning Siegen universiteti professori Madjid Fathi ishtirokida “AI and their application in Medicine and Engineering” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi
07.11.2024
#Xorijiy_hamkorlik
#SeminarTrening
#TATU_TM
Joriy yilning 07-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurgan Germaniyaning Siegen universiteti professori Madjid Fathi ishtirokida “AI and their application in Medicine and Engineering” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Seminar-treningda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazining “Axborot tizimlari va texnologiyalari” hamda “Telekommunikatsiya texnologiyalari” yo‘nalishlari tinglovchilari ishtirok etishdi.
Seminar-treningda tinglovchilar sun’iy intellektda bilimlar bazasini boshqarish, tibbiyotda sun’iy intellekt ilovalarini ishlab chiqishda yangi texnologiyalar, Industry 4.0, Society 5.0 da sun’iy intellektning o‘rni kabi mavzularga oid muhokamada qatnashdilar.