Xorijiy hamkorlik
10.12.2024
#Xorijiy_hamkorlik
#TATU_TM
Joriy yilning 10-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida “Axborot tizimlari va texnologiyalari” yo‘nalish tinglovchilari uchun Janubiy Koreyalik professor Lee Seung Jik ishtirokida “Artificial Intelligence in Robots” (“Robotlarda sun’iy intellekt”) mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda Robototexnika sohasidagi sun’iy intellekt innovatsiyalari, Robotlardagi sun’iy intellektning imkoniyatlarini, uning joriy ilovalarini va u sanoatning yanada samaraliroq va avtomatlashtirilgan kelajak sari qanday o‘zgartirish mumkinligi haqida ma’lumotlar berildi.