BUYUK SHOIRGA EHTIROM
11.02.2017 TATUShu kunlarda mamlakatimizning barcha hududida, ta’lim muassasalarida ulug‘ bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligi munosabati bilan turli tadbirlar, ma’naviy-ma’rifiy kechalar, adabiy-badiiy anjumanlar bo‘lib o‘tmoqda.
10 fevral kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ham shoir tavalludining 576 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi nashriyot raxbari, Axborot kutubxona jurnali bosh muxarriri, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Movarounnaxr musulmonlar diniy boshqarmasi mukofoti laureati Shukur Qurbon ishtirok etdi.
Tadbir davomida hazrat Navoiy g‘azallaridan namunalar o‘zbek va ingliz tillarida o‘qildi.