TATUda “Odam yordamisiz harakatlanuvchi avtomobillar” mavzusidagi seminar
04.04.2017 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti4 aprel kuni Kompyuter injinering yo`nalishi tinglovchilari hamda Dasturiy injinering professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun Xitoy Xalq Respublikasi Tongji universiteti professori Farrux Kushnazarov tomonidan «Odam yordamisiz harakatlanuvchi avtomobillar» mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda, bugungi kunda avtomobil industriyasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va o‘zgarishlar, avtomobilsozlikda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etilishi va inson yordamisiz harakatlanuvchi avtomobillarni ishlab chiqarish tendensiyasi va texnik jihatlari xaqida ma’lumotlar berildi. Interaktiv tarzda olib borilgan ushbu seminar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi, ularning savollarga to‘liq javoblar berildi.
OYOHA dasturiy-uskunaviy kompleks bo‘lib, avtomobillarni belgilangan joyga, inson boshqaruvisiz yetkazish imkoniyatiga ega. OYOXA ni joriy qilishda lidar, radar, videokamera, GPS navigator va boshqa qurilmalardan foydalaniladi.
Lidar – 100 metr atrofni sekinlashtirib, ZD modelini hisoblash uskunasi xisoblanadi.
Radar – atrofdagi obyektlarning uzoqlik masofasini aniqlash vazifasini bajaradi.
Maxsus kompyuter ko‘zi sifatida ishlovchi algoritmlarga asoslangan videokameralar ma’lumotidan foydalinadi.
Bitta OYOHA dagi programma kodlari, butun Facebook kodidan ko‘p bo‘lishi mumkinligi aniqlangan.
Kushnazarov Farrux Isakulovich 2016 yil Sankt-Peterburg davlat temir yo‘llari universitetida texnik fanlari nomzodligini yoqlagan ilmiy xodim hisoblanib, hozirgi kunda Xitoy davlatida intellektual axborot texnologiyalarini yaratish va takomillashtirish ustida ish olib bormoqda.