O’zbekistonda AKTni rivojlantirish bilan bog'liq dolzarb masalalar
20.09.2017Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining huzuridagi PKQT va UMO tarmoq markazi tinglovchilari uchun 2017-yil 20-sentabr kuni faollar zalida O‘zbekiston fanlar akademiyasi akademigi t.f.d. To‘lqin Fayziyevich Bekmuradov ishtirokida “O’zbekistonda AKTni rivojlantirish bilan bog’liq dolzarb masalalar” mavzusidagi ilmiy va ma’naviy-marifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda akademik T.F.Bekmuradov o‘z faoliyatiga doir ilmiy yo‘nalishlardagi tajribalari bilan o‘rtoqlashib, tinglovchilarni ilmiy faoliyatini yuritishlari uchun zarur bo‘lgan maslahatlarni berdi. Hozirgi kunda yurtimizda olib borilayotgan sohadagi izlanishlar va yangiliklar haqida qisqacha tohtalib o’tdi. Ushbu uchrashuv tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va mavzuga doir turli savol-javoblarga boy bo‘ldi.