SEMINAR-UCHRASHUV

SEMINAR-UCHRASHUV

SEMINAR-UCHRASHUV

10.03.2020    

TATU HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLAR VA QAYTA TAYYORLASH VA ULARNI MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZIDA “KOSMIK ALOQA VA TIZIMLAR INJINIRINGI BO‘YICHA YANGI TA’LIM DASTURLARI MAVZUSIDA HORIJIY MUTAXASISLAR BILAN SEMINAR-UCHRASHUVI OʼTKAZILDI
Joriy yilning 4-mart kuni  “New study program in space systems and communications engineering - SPACECOM” ERASMUS+ loyihasi doirasida birinchi seminar-uchrashuvi o‘tkazildi. Mazkur tadbirda TATU rahnariyati, OO‘MTV vakilli , loyiha ishtirokchilari, loyiha bo‘yicha qiziquvchilar ishtirok etishadi. Loyihaning asosiy vazifasi - kosmik texnika va aloqa tizimlari, Sun’iy yo‘ldoshli texnologiyalar sohasida mavjud bo‘lgan magistratura ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirish, hamda Boloniya jarayonining tavsiyalariga asosan sun’iy yo‘ldoshli aloqani qo‘llash hisoblanadi va loyiha 2019-2022 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Maʼlumot oʼrnida aytish kerakki, loyiha ishtirokchilari TATU, Berlin texnika universiteti (Germaniya), Sarbona Universiteti (Fransiya), Artesis-Plantijn University of Applied Sciences (Belgiya), Sofiya texnika universiteti (Bolgariya), EXOLAUNCH (Germaniya), Coursento (Germaniya), TATU qoshidagi pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi, TATU Qarshi filiali, Farg‘ona politexnika instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, O‘zR FA huzuridagi Astronomiya institutlari hisoblanadi.
Tadbirda Berlin Technik Universitetidan Dmitriy Ostroverkhov va Elena Eyngorn,  Sofia Technik Universitetidan Slavka Tzanova, EXOLAUNCH GMBH dan Arnold Sterenharz va Svetlana Jasic, Sorbonne Universitetidan Dimitri GALAYKO, Artesis Plantijn University of Applied Sciences dan Dirk Van Merode va Geert Van Hulle lar o’z universiteti, innovatcion loyihalar haqida taqdimot qilib berishdi. Tadbirda Tarmoq markazidagi “Informatika va axborot texnologiyalari” va “Kompyuter injiniringi” guruhlar tinglovchilari ham qatnashdilar.