INNOWEEK.UZ-2023– XALQARO INNOVATSION GʻOYALAR HAFTALIGI

INNOWEEK.UZ-2023– XALQARO INNOVATSION GʻOYALAR HAFTALIGI

19.10.2023    








#InnoWeek_2023

“INNOWEEK.UZ-2023” – XALQARO INNOVATSION GʻOYALAR HAFTALIGIda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi faol ishtirok etmoqda. Shu jumladan, “InnoWeek-2023” innovatsion gʼoyalar haftaligi doirasida Bosh ilmiy-metodik markaz binosida oliy taʼlim muassasalari huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq va mintaqaviy markazlarining koʼrgazmasi tashkil qilindi. Innoweek.uz innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasidagi koʻrgazmada TATU huzuridagi PKQTvaUMO TM pedagoglari, yosh olimlari, tadqiqotchilari tomonidan ishlab chiqilgan ishlanmalar ham namoyish etilmoqda.