Davlat madhiyasi
10.12.2024
#Davlat_ramzlari
#Madhiyam
10 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganiga 32 yil to‘ldi.
"O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi to‘g‘risida"gi Qonun 1992 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan.
Davlat madhiyasi Vatanimiz mustaqilligini, milliy birlik va g‘ururimizni o‘zida mujassam etgan muqaddas ramzdir. Har bir satri qalbimizga g‘urur va kuch baxsh etadi, bizni milliy maqsadlar sari undaydi.