Telekommunikatsiya texnologiyalari
Kursning maqsadi va vazifalari
Oliy ta’lim muasasalari pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursining maqsadi pedagog kadrlarning o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarni yuksak ilmiy-metodik darajada ta’minlashlari uchun zarur bo‘ladigan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini muntazam yangilash, malaka talablari, o‘quv reja va dasturlari asosida ularning kasbiy kompetentligi va pedagogik mahoratini doimiy rivojlanishini ta’minlashdan iborat.
Kursning vazifalariga quyidagilar kiradi:
- “Telekommunikatsiya texnologiyalari” yo‘nalishida pedagog kadrlarning kasbiy bilim, ko‘nikma, malakalarini uzluksiz yangilash va rivojlantirish;
- zamonaviy talablarga mos holda oliy ta’limning sifatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan pedagoglarning kasbiy kompetentlik darajasini oshirish;
- pedagog kadrlar tomonidan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiy tillarni samarali o‘zlashtirilishini ta’minlash;
- maxsus fanlar sohasidagi o‘qitishning innovatsion texnologiyalari va ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish;
- “Telekommunikatsiya texnologiyalari” yo‘nalishida o‘quv jarayonini fan va ishlab chiqarish bilan samarali integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan faoliyatni tashkil etish.
O'quv modullari | |||
1 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlarida jamiyat rivoji va ta’lim–tarbiya masalalari | ||
---|---|---|---|
2 | Ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning qonunchilik normalari | ||
3 | Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik | ||
4 | Ta’limda internet texnologiyalari | ||
5 | Elektron pedagogika asoslari va pedagogning shaxsiy, kasbiy axborot maydonini loyihalash | ||
6 | Zamonaviy audio-video texnologiyalar | ||
7 | Amaliy xorijiy tilni o‘rganishning intensiv usullari | ||
8 | Oliy ta’lim jarayonini boshqarishda tizimli tahlil va qaror qabul qilish texnologiyalari | ||
9 | Elektr zanjirlar va tizimlar tahlili | ||
10 | Ma’lumot uzatish tarmoqlari (IMS, NGN) | ||
11 | Mobil aloqa tizimlari | ||
12 | Raqamli televideniya |